Homiladorlik va tug’ruq ta’tili muddati tugaganligi sababli xodimni ishga chiqishi uchun qaysi mehnat qonunchiligini asos qilsa bo’ladi?

Mehnat kodeksining 404-moddasiga ko‘ra ayolga tug‘ruqqacha 70 kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin 56 kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda 70 kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilishi belgilangan va ushbu davrda qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi. Homiladorlik

Батафсил

Mehnat kodekisiga asosan xodimlarni Mukofotlashni qanday turlari mavjud.

Mehnat kodeksining 252-moddasi bo‘yicha mukofotlash 2 turga bo‘linmoqda. Birinchisi, mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofot. Bu xodimni oldindan belgilangan ko‘rsatkichlar va shartlarga erishishga undash maqsadida ish haqining tarkibiga kiritilgan hamda xodimga asosiy maoshidan (tarif stavkasidan) tashqari to‘lanadigan pul mukofotidir (masalan, oylik, choraklik, yillik mukofotlar kabilar). Ikkinchisi, mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda

Батафсил

Kimlarga ishga qabul qilinganda sinov muddati qo’llanilmaydi.

Mehnat kodekisi 129-moddasiga ko‘ra, quyidagilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi: homilador ayol, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy); zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar; davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3

Батафсил