Бош саҳифа > Без рубрики > Mehnat kodekisiga asosan xodimlarni Mukofotlashni qanday turlari mavjud.

Mehnat kodekisiga asosan xodimlarni Mukofotlashni qanday turlari mavjud.

  • Mehnat kodeksining 252-moddasi bo‘yicha mukofotlash 2 turga bo‘linmoqda.

Birinchisi, mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofot. Bu xodimni oldindan belgilangan ko‘rsatkichlar va shartlarga erishishga undash maqsadida ish haqining tarkibiga kiritilgan hamda xodimga asosiy maoshidan (tarif stavkasidan) tashqari to‘lanadigan pul mukofotidir (masalan, oylik, choraklik, yillik mukofotlar kabilar).
Ikkinchisi, mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilmagan rag‘batlantiruvchi mukofot. Bu bir martalik hususiyatga ega bo‘lgan hamda ish beruvchining qaroriga ko‘ra xodimning oldindan belgilangan ko‘rsatkichlar va shartlarga erishganligi uchun emas, balki muayyan voqealar (yubileylar, bayram sanalari va boshqalar) yuz berganligi yoki xodim tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilganligi (ish beruvchining alohida muhim topshirig‘ini bajarish, ratsionalizatorlik taklifini kiritish va boshqalar) munosabati bilan to‘lanadigan pul mukofotidir.
Ish beruvchilar, ayniqsa, buxgalterlar, yuristlar va kadroviklar o‘rtasida mukofotlash temasi intizomiy jazosi bor xodimlar masalasida doim aktual bo‘lib kelgan.
Mehnat kodeksining 299-moddasiga asosan intizomiy jazosi amalda bo‘lgan xodimlarni mukofotlash masalasi quyidagicha hal etiladi:

mukofotning birinchi turi, ya’ni mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni to‘lash to‘g‘risidagi masala mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarda hal qilinadi. Ya’ni, korxonaning mukofotlashga oid ichki hujjatlarida intizomiy jazosi amalda bo‘lgan xodimlarga berilmaydi deyilgan bo‘lsa, bu mukofot turi berilmaydi, aksincha, ichki hujjatlarda cheklov o‘rnatilmagan bo‘lsa berilishi kerak;
mukofotning ikkinchi turi, ya’ni mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi. E’tibor bersangiz, mukofotning bu qismi intizomiy jazosi amalda bo‘lgan xodimlarga berilmasligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib qo‘yilmoqda.
Rishton tumani Adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti Aliboyev Doniyorjon Rustamjonovich.