Javob: Mahlumki, 2019 yil 7 iyunda Vazirlar Mahkamasining «Olis hududlarda joylashgan umumiy o’rta tahlim maktablarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning mehnatini yanada rag’batlantirish to’g’risida»gi 471-sonli qarori imzolangan.
Mazkur qarorga ko’ra, olis hududlarda joylashgan umumiy o’rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga ish stajidan kelib chiqib quyidagi miqdorda ustamalar to’lanadi:
6 oydan — 3 yilgacha ish stajiga ega bo’lgan o’qituvchiga 10 foiz;
3 yildan — 5 yilgacha ish stajiga ega bo’lgan o’qituvchiga 20 foiz;
5 yildan — 10 yilgacha ish stajiga ega bo’lgan o’qituvchiga 30 foiz;
10 yildan — 15 yilgacha ish stajiga ega bo’lgan o’qituvchiga 40 foiz;
15 yildan ortiq ish stajiga ega bo’lgan o’qituvchiga esa 50 foiz ustama to’lab beriladi.
Bu hali hammasi emas. ya’ni, olis hududdagi maktabga borib ishlamoqchi bo’lgan o’qituvchilarni yanada rag’batlantirish uchun 2021 yil 11 yanvarda prezidentning PQ-4940 sonli qarori ham imzolangan.
Unga ko’ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab olis hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan o’qituvchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlang’ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to’lab berish yo’lga qo’yilgan.
Eslatib o’tamiz, olis va chekka hudud deganda, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 471-son qarori bilan tasdiqlangan umumiy o’rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar tushuniladi.
Rishton tumani Adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti Aliboyev Doniyorjon Rustamjonovich.