Бош саҳифа > Туман янгиликлари > Besh tashabbus olimpiadasi doirasida shaxmat musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

Besh tashabbus olimpiadasi doirasida shaxmat musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan Besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning shaxmat turi bo‘yicha tuman bosqichi musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur bahsda tuman miqyosida faol ishtirok etgan yoshlar o‘zaro kuch sinashdi. Musobaqa qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tdi. Unda Anhor bo‘yi mahalla fuqarolar yig‘ini vakili Aslonova Nigina o‘zining puxta tayyorgarligi va strategik yondashuvi bilan ajralib turdi.

Aslonova Nigina barcha raqiblaridan ustun kelib, faxrli 1-o‘rinni egalladi va viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Saiddalerxon Nasrullayev,

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Xalqaro jurnalistika fakulteti

3-bosqich talabasi.