Бош саҳифа > Без рубрики > Har yilgi mehnat ta’tili tushunchasi va turlari

Har yilgi mehnat ta’tili tushunchasi va turlari

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 216-moddasiga ko‘ra
Har yilgi mehnat ta’tili dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish o‘rni (lavozimi) hamda o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda xodim ishdan ozod etiladigan, xodimga har yili ish yili davomida beriladigan vaqt davridir.
Barcha xodimlar, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega.
Har yilgi mehnat ta’tilining turlari quyidagilardan iborat:
asosiy mehnat ta’tili (har yilgi asosiy eng kam yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan);
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan tartibda asosiy eng kam yoki asosiy uzaytirilgan ta’til bilan jamlab hisoblanadigan qo‘shimcha mehnat ta’tili.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 217-moddasiga ko‘ra har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi yigirma bir kalendar kunni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 213-moddasiga ko‘ra ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlar uchun ta’tillarning quyidagi turlari nazarda tutilgan:
har yilgi mehnat ta’tili;
ijtimoiy ta’tillar;
ish haqi qisman saqlanadigan ta’til;
ish haqi saqlanmaydigan ta’til.

 

Rishton tumani Adliya bulimi Yuridik xizmat kursatish markazi boshlig‘i
Dadabayev Odiljon Azimjonovich