Бош саҳифа > Без рубрики > Savol bering javob beramiz

Savol bering javob beramiz

Savol: Qanday holatlarda mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin ?
Javob: Mehnat shartnomasini bekor qilish deganda O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni tugatish tushuniladi.
Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari quyidagilardan iborat:
1) taraflarning kelishuviga ko’ra (Mehnat Kodeksning 157-moddasi);
2) mehnat shartnomasi muddatining tugashi bilan (Mehnat Kodeksning 158-moddasi);
3) mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga ko‘ra bekor qilish mo’mkin (Mehnat Kodeksning 160-moddasi);
4) mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish (Mehnat Kodeksning 161-moddasi);
5) tashkilot mulkdorining almashganligi, uning qayta tashkil etilganligi, tashkilotning idoraviy taalluqliligi (bo‘ysunuvi) o‘zgarganligi munosabati bilan xodimning ishni davom ettirishni rad etishi (Mehnat Kodeksning 156-moddasining beshinchi qismi);
6) xodimning yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etishi (Mehnat Kodeksning 137-moddasining to‘rtinchi qismi);
7) xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ishlash uchun ko‘chishni rad etishi (Mehnat Kodeksning 146-moddasining beshinchi qismi);
8) xodimning tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan boshqa ishga o‘tkazishni rad etishi yoxud ish beruvchida tegishli ish bo‘lmagan taqdirda (Mehnat Kodeksning 143-moddasining ikkinchi qismi);
9) taraflarning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlarda (Mehnat Kodeksning 168-moddasi);
10) yangi muddatga saylanmaganlik yoki tanlovdan o‘tmaganlik yoxud saylovda, tanlovda ishtirok etishni rad etish (ushbu Kodeksning 169-moddasi);
11) Mehnat Kodeksi yoxud boshqa qonunlar alohida toifadagi xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida mehnatga oid munosabatlarni tugatishning qo‘shimcha asoslari to‘g‘risidagi shartni nazarda tutish imkoniyatini mustahkamlaydigan hollarda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslar. Mehnat shartnomasi Mehnat Kodeksida va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan o‘zga asoslar bo‘yicha ham bekor qilinishi mumkin.

Rishton tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig’i

Dadabayev Odiljon Azimjonovich