Бош саҳифа > Без рубрики > Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi mamlakatning taraqqiyot yo‘lini belgilab berdi

Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi mamlakatning taraqqiyot yo‘lini belgilab berdi

O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahririda birinchi marta mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. Inson, uning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmati eng oliy qadriyat bo‘lgan ko‘p millatli xalqning irodasi demokratiya va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sodiqlikni tasdiqlaydi. Maqsad insonparvar, demokratik, jadal rivojlanayotgan davlat, keng va jozibali bozorga ega ishonchli va bashorat qilinadigan xalqaro sherik bo‘lgan ochiq va adolatli jamiyat qurish bilan izohlanadi. Asosiy qonunda O‘zbekiston va jahon hamjamiyati, birinchi navbatda, qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik va bir-birini qo‘llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash hamda rivojlantirish ilk bor aniq-ravshan mustahkamlab qo‘yildi.

Konstitutsiyada birinchi marta O‘zbekiston suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekanligi belgilab qo‘yildi. Ushbu qoidalarni qayta ko‘rib chiqish mumkin emas, bu davlatning asosiy xususiyatlari barqarorligi va o‘zgarmas ekanligini tasdiqlaydi. Konstitutsiyaviy islohotda “davlat-jamiyat-inson” tamoyili “inson-jamiyat-davlat” bilan almashtirilganligi ham muhim ahamiyat kasb etda.

 

Tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi rahbari 

D.Dodoboyeva