Бош саҳифа > Без рубрики > Yangi «Mehnat kodeksi»da Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o’rtasidagi mehnat shartnomasi qanday tartibda amalga oshiriladi.

Yangi «Mehnat kodeksi»da Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o’rtasidagi mehnat shartnomasi qanday tartibda amalga oshiriladi.

Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ishga qabul qilinayotgan shaxs bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar yuzaga kelishiga yozma shaklda tuziladigan mehnat shartnomasi asos bo’ladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ishga qabul qilinayotgan xodim bilan nomuayyan muddatga mehnat shartnomasi yoki muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.
Bunda mehnat shartnomasining muddati yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.
Ish qidirayotgan shaxs mehnat shartnomasi tuzilguniga qadar mehnat va bandlik shartlari to’g’risida oldindan xabardor qilingan bo’lishi kerak.
Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o’rtasidagi mehnat shartnomasining namunaviy shakli O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo’yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Mehnat shartnomasi 3 nusxada tuziladi, ulardan biri yakka tartibdagi tadbirkorda qoladi, ikkinchisi yollanma xodimga beriladi, uchinchisi esa yakka tartibdagi tadbirkorning soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi.
Mehnat shartnomasining nusxasini davlat soliq xizmati organiga taqdim etish elektron shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollanma xodimlarni ishga qabul qilish buyruq ehlon qilmasdan amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlovchi xodimlarga mehnat daftarchalari yuritilmaydi.

Rishton tumani Adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti Aliboyev Doniyorjon Rustamjonovich.