Бош саҳифа > Без рубрики > Shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish shartlari qanday?

Shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish shartlari qanday?

«Aholi bandligi to’g’risida»da shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish shartlari to’g’risida quyidagilar belgilangan:

-16 yoshdan to pensiya ta’minoti huquqini olish yoshigacha bo’lgan, haq to’lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg’ulotga ega bo’lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo’lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o’tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo’lgan, ishga joylashishda ko’mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro’yxatga olingan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno) ishsizlar deb e’tirof etiladi.

-Agar ish qidirayotgan shaxsga u ro’yxatga olingan kundan ehtiboran dastlabki 10 kun ichida maqbul keladigan ish taklif etilmagan bo’lsa yoki mahalliy mehnat organi mazkur shaxs ishga joylashtirish uchun yuborilgan tashkilotdan rad javobini olgan bo’lsa, shaxsni ishsiz deb ehtirof etish to’g’risidagi qaror u ish qidirayotgan shaxs sifatida ro’yxatga olingan kundan ehtiboran 11-kundan kechiktirmay mahalliy mehnat organi tomonidan qabul qilinadi.

-Shaxsni ishsiz deb e’tirof etish to’g’risidagi qaror mahalliy mehnat organining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi, ushbu buyruq bir vaqtning o’zida ishsizlik nafaqasi tayinlash to’g’risidagi buyruq hisoblanadi.

-Buyruqda ishsizlik nafaqasining miqdori va uni hisoblash sanasi ko’rsatiladi.

-Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxs qabul qilingan qaror to’g’risida mazkur qaror qabul qilinganidan keyin 2 kunlik muddatdan kechiktirmay yozma ravishda yoki telefon, elektron pochta orqali xabardor qilinadi.

-Shaxsni ishsiz deb e’tirof etish chog’ida mehnat daftarchasiga yozuv qayd etilmaydi.

 

Rishton tumani Adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti Aliboyev Doniyorjon Rustamjonovich.