Бош саҳифа > Без рубрики > O‘zbekistonda sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar

O‘zbekistonda sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar

Keyingi yillarda mamlakatimizda sportni ommalashtirish, sport turlarini yanada rivojlantirish va sport infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga hozirgi vaqtda mazkur sohadagi qonun hujjatlariga sportdagi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 4-noyabrdagi O‘RQ-988-sonli Qonuni bilan qonunchilikka bir qator o‘zgatirishlar kiritildi.

Xususan, Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgatirishga ko‘ra, sport musobaqalari natijalarini yoki ularning borishini qasddan o‘zgartirish maqsadida sportchining, trenerning, sport hakamining yoxud sport musobaqalari boshqa ishtirokchilarining va tashkilotchilarining muayyan harakatni pora evaziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoxud bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum kilish yoxud bir 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, mazkur qilmish takroran ko‘p mikdorda, juda ko‘p miqdorda, tamagirlik yo‘li bilan, oldindan til biriktirib yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilganligi uchun og‘irroq jazo nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.  Bunda agar moddiy qimmatliklar bergan yoki mulkiy manfaatdor etgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa
va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda 30 sutka ichida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lsa va jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.

Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi raisi

Ergashev Umidjon