Бош саҳифа > Туман янгиликлари > “Zarbdor bir oylik” tadbiri

“Zarbdor bir oylik” tadbiri

Farg‘ona viloyati Rishton tumani To‘da MFYda Ramazon oyining xayrli kunlarida ommaviy hashar va “Zarbdor bir oylik” tadbiri doirasida ezgu ishlar amalga oshirildi.

Ushbu tashabbus doirasida yakka yolg‘iz yashovchi fuqaro Qodirova Oyishaxon onamizning xonadonida obodonlashtirish ishlari olib borildi. Rishton tumani “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan uy atrofi tartibga keltirilib, tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bajarildi.

Ushbu xayrli ishlar mehr-oqibat va saxovat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

ROQIB MAHAMADALIYEV, 

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Xalqaro jurnalistika fakulteti

2-bosqich talabasi.