Бош саҳифа > Туман янгиликлари > Respublika ishchi guruhi tomonidan Rishton tumani Chek Nasriddin MFYda sayyor qabul oʼtkazildi

Respublika ishchi guruhi tomonidan Rishton tumani Chek Nasriddin MFYda sayyor qabul oʼtkazildi

Unda tuman hokimligi, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq qabulxonasi hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Respublikadan biriktirilgan vakil B. Qulmirzaev, tuman hokimining birinchi oʼrinbosari D.Rahmonkulov va Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Rahimovlar ogʼir hudud deb topilgan Chek Nasriddin mahallasi aholi vakillari bilan infratuzilma obʼektlari, kommunal, bank, soliq va boshqa sohalardagi murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot oʼtkazishdi.
Muammolarni taʼluqliligi boʼyicha koʼrib chiqish va bartaraf etish choralari muhokama qilindi.
Tuman, viloyat va respublika darajasidagi masalalar boʼyicha amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Muhammadali Mannobjonov,
Ozbekiston davlat jahon tillari unversiteti,
Xalqaro jurnalistika fakulteti 2-kurs talabasi.