Бош саҳифа > Туман янгиликлари > Tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv

Tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilib, joriy yilning 3 yanvarь kuni “2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʼyicha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi muhim va tarixiy qaror imzolandi. Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Rishton tumani prokurori R.Mexmonov va tuman IIB boshligʼi podpolkovnik Sh.Mavlonovlar Rishton tumani Tibbiyot birlashmasida soha xodimlari bilan uchrashuv oʼtkazishib, davlatimiz rahbarining PQ-1-sonli qarori yuzasidan tibbiyot xodimlari oldiga qoʼyilgan ustuvor vazifalar haqida tushunchalar berishdi.

Shuningdek, masʼul rahbarlar uchrashuv davomida tibbiyot tizimida korruptsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurashish, turli byurokratik va inson omili bilan bogʼliq toʼsiqlarga barham berishga qaratilgan qator chora-tadbirlar belgilab berishdi.

Kamilla Xasanova,
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Xalqaro jurnalistika fakulteti
2-bosqich talabasi.