Бош саҳифа > Туман янгиликлари > O’zbekiston kasaba uyushmalari harakatiga 120 yil

O’zbekiston kasaba uyushmalari harakatiga 120 yil

Ma’lumki, bu yil O’zbekiston kasaba uyushmalari harakatiga 120 yil to’lmoqda. Shu munosabat bilan mamlakatimiz bo’ylab turli ma’naviy-ma’rifiy, uchrashuv va seminarlar tashkil etilmoqda.

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg’ona viloyati kengashi Mehnat Huquqi inspektori A.F.Abdullajonova tomonidan Rishton tuman hokimligi majlislar zalida O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tarmog’idagi rahbar va kadrlar bilan ishlash mutaxassislari ishtirokida «Yangi mehnat kodeksidagi muhim o’zgarishlar» mavzusida seminar bo’lib o’tdi. Seminar qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda o’tdi. Seminarda so’zga chiqqanlar bugungi seminar ish beruvchilar va xodimlargа manfaatli jihati bilan xizmat qilganini ta’kidlashdi.

Kamilla Xasanova,
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Xalqaro jurnalistika fakulteti
2-bosqich talabasi.