Rishton tumani Polvonobod mahalla fuqarolar yigʼinida yashovchi tadbirkor Аbzalxon Hoshimov tomorqadan samarali foydalanish borasida oʼzining boy tajribasi bilan boshqalarga oʼrnak boʼlmoqda. U 10 sotixli issiqxona tashkil etib, hozirda unda yetishtirilgan bodringlar hosilga kirgan.
Issiqxonadagi mehnat samarasi qisqa vaqt ichida oʼz natijasini berdi. Yangi texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilgan issiqxonada bodringlar barvaqt pishib, mahalliy bozorlarga chiqarilmoqda. Bu nafaqat tadbirkorning daromadini oshirishga, balki mahalliy aholini yangi ish oʼrinlari bilan taʼminlashga ham xizmat qilmoqda.
Аbzalxon Hoshimovning taʼkidlashicha, tomorqadan samarali foydalanish – oilaviy daromadni oshirishning eng ishonchli usullaridan biri. Uning bu saʼy-harakatlari hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ham hissa qoʼshmoqda.
Аyni paytda, u oʼz tajribasini mahalliy aholi bilan boʼlishib, ularni ham tomorqalardan unumli foydalanishga undamoqda.
Muhammadali Mannobjonov,
Ozbekiston davlat jahon tillari unversiteti,
Xalqaro jurnalistika fakulteti 2-kurs talabasi.