Бош саҳифа > Туман янгиликлари > Rishton tumanida ezgu ishlar davom etmoqda

Rishton tumanida ezgu ishlar davom etmoqda

Har bir bayram — mehr-muruvvat, insoniylik va saxovat ramzi hisoblanadi. Jumladan, kirib kelayotgan Ramazon Hayiti bayrami nafaqat ibodat va shukronalik, balki muhtojlarga yordam berish, insonlarga gʼamxoʼrlik koʼrsatish kabi ezgu amallar bilan ham ahamiyatlidir.
Shu munosabat bilan, Rishton tumani Daxbed mahalla fuqarolar yigʼinida yakka yolgʼizlar va nogironligi boʼlgan shaxslarning holidan xabar olindi.
Bayram arafasida ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Tadbir doirasida mahalla faollari ishtirok etishdi. Ular nogironligi boʼlgan insonlar va yolgʼiz keksalar bilan suhbat qurib, ularning muammo va ehtiyojlarini oʼrganishdi.
Mazkur xayrli tadbir insonparvarlik anʼanalarini mustahkamlashga, muhtoj insonlarga gʼamxoʼrlik koʼrsatishga qaratilgan boʼlib, bunday amallar jamiyatda birdamlik va hamjihatlik muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Mohinur ANVARBEKOVA,

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Xalqaro jurnalistika fakulteti

2-bosqich talabasi