Бош саҳифа > Туман янгиликлари > “Qo‘shnichilik – ming yilchilik” shiori ostida bayram tadbirlari

“Qo‘shnichilik – ming yilchilik” shiori ostida bayram tadbirlari

Rishton tumani «Choʻng‘ara» mahalla fuqarolar yigʻinida “Qo‘shnichilik – ming yilchilik” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbir qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlash, mehr-oqibat va hamjihatlikni tarannum etuvchi haqiqiy bayram tusini oldi.

Tadbir davomida milliy taomlar tayyorlanib, mehmonlarga tortiq qilindi, bu esa xalqimizga xos mehmondo‘stlik va saxovat an’analarining yorqin ifodasi bo‘ldi. Bayram shukuhi sport va milliy o‘yinlar bilan yanada qizg‘in tus oldi. Varraklar sayli, arqon tortish, besh tosh, chillak, shaxmat va shashka, voleybol musobaqalari yoshlarning shijoatini oshirib, oqsoqollarning duolari va ishtirokchilarning shodligi bilan yanada fayzli bo‘ldi.

Ushbu bayram tadbiri mahallada o‘zaro do‘stlik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilishga xizmat qilib, aholi o‘rtasida birdamlik va hamjihatlik ruhini yanada yuksaltirdi.

Mohinur ANVARBEKOVA,

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Xalqaro jurnalistika fakulteti

2-bosqich talabasi.