«Bir farzandga uch kitob»

Kitob – bu bilim va ma’rifat manbai, insoniyatning boy tarixiy va madaniy merosini o’zida saqlagan bebaho xazina. Kitoblar bizga o’tmish haqida hikoya qiladi, hozirgi kunni tushunishga yordam beradi va kelajakka yo’l ko’rsatadi.
Kitob – bu insoniyatning eng buyuk ixtirolaridan biri. Kitob o’qish orqali biz bilim olamiz, ma’naviy ozuqa olamiz, tafakkurimizni o’stiramiz va hayotimizni mazmunli qilamiz. Kitobga muhabbatni tarbiyalash – kelajak avlodni ma’rifatli qilishning eng muhim yo’lidir.

Shu munosabat bilan Rishton tumani MMTB tasarrufidagi 40-umumiy òrta ta’lim maktabida «Bir farzandga uch kitob» aksiyasi doirasida kitob marafoni tashkillandi. Kitoblar yarmarkasida òquvchilar,ularning ota – onalari va pedagog hodimlar faol qatnashdilar.

ROQIB MAHAMADALIYEV, 

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Xalqaro jurnalistika fakulteti

2-bosqich talabasi.