Javob: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 05.01.2018 yilgi “Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to’lash tartibini takomillashtirish to’g’risida” gi 10-sonli Qarori 72-bandida Oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida o‘qiyotgan shaxslar pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanishi ko’rsatib o’tilgan. Shunga ko’ra Maktabgacha ta’lim tashkilotining bo’sh ish o’rinlarida ishlashingiz mumkin.
Rishton tuman Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti B.I.Bo’riyev