Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi tomonidan tizimda mehnat qilayotgan ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda so’zga chiqqan boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Botiraliyev barcha xodimalarga fidokorona xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik izhor etib, ularning ishtirokisiz soliq tizimining samarali faoliyatini tasavvur qilish qiyinligini taʼkidladi.
Tadbirda barcha ayollarga ehtirom ko‘rsatilib, esdalik sovg‘alari berildi.