Бош саҳифа > Без рубрики > Tovar belgilarini royxatdan otkazishda davlat xizmatini korsatish tartibi belgilandi Hukumat qarori (480-son, 19.09.2023 y.)

Tovar belgilarini royxatdan otkazishda davlat xizmatini korsatish tartibi belgilandi Hukumat qarori (480-son, 19.09.2023 y.)

  • Tovar belgilari va xizmat korsatish belgilarini royxatdan otkazish boyicha davlat xizmatini korsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
    Reglamentga kora, mazkur davlat xizmati Adliya vazirligi (vakolatli organ) tomonidan korsatiladi.
    Tovar belgisini royxatdan otkazishga doir talabnomani topshirish boyicha harakatlar talabnoma beruvchi tomonidan bevosita yoki vakili orqali amalga oshiriladi.
    Shunga kora, davlat xizmatidan foydalanish uchun vakolatli organning axborot tizimi yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali yoxud pochta aloqasi boyicha talabnoma topshiriladi.
    Song talabnoma beruvchi 3 oy davomida talabnoma topshirish uchun patent boji tolovini amalga oshirishi kerak.
    Patent boji tolangach, talabnoma qabul qilinib, uning qayd raqami va kelib tushgan sanasi korsatilgan xabarnoma talabnoma beruvchiga yuboriladi.
    Intellektual mulk markazi talabnoma kelib tushgan sanadan 30 kun davomida talabnomaning rasmiy ekspertizasini amalga oshiradi.
    Reglamentga kora, jumladan, quyidagilar tovar belgisi sifatida royxatdan otkazilmaydi:
    davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;
    tovar va uning tayyorlovchisi togrisidagi yolgon yoki iste’molchini chalgitishi mumkin bolgan belgilar;
    jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid bolgan belgilar.

Rishton tuman adliya bo`limi
Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi
Masaitova Gulbaxor Xomidjonovna