ADLIYA ORGANLARIDA MASOFADAN O’QITISH TIZIMINING SAMARADORLIGI
Men 2022-yilning sentyabr oyidan boshlab Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi kredit-modul tizimining uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasida tinglovchi sifatida modul dasturlarni o‘zlashtirib bormoqdaman.
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasining tayanch modul dasturlari muayyan sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosatining dolzarb masalalari hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasini yanada demokratlashtirish jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha ishlab chiqilgan mavzular va platformaga kontent sifatida video ma’ruza, ma’ruza, taqdimot hamda mozayka uslubida kiritilgan mashqlardan iborat.
Tanlov modul dasturlari tegishli sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar hamda shu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va huquqni qo‘llashning zamonaviy talablariga doir dolzarb masalalarni o‘z ichiga olgan mavzulardan iboratligi juda katta ayamiyat kasb etadi. Darslarni o’zlashtirgan har bir davlat xizmatchisi o’ziga tegishli bilim va ko’nikmalarni kelajakdagi ish faoliyati davomida qo’llashi va sohaga oid yangilik va o’zgartirishlarni muntazam ravishda o’rganib, o’z o’rnida fuqarolarga ham huquqiy ko’mak va tushunchalar berish jarayonida dasturilamal sifatida qo’llashi mumkin.
Yuristlar malakasini oshirish markazining hurmatli ustozlari Shakirov Rafik Ravilyevich, Raxmonov Zafarjon Zayniddinovich, Raximov Daniyor Baxtiyarovich, Dilbar Xojimuhamedova hamda Payziyev Xayriddin Sirojiddinovichlar tomonidan o’tkazib borilayotgan o‘quv dasturlari ya’ni videorolik, ma’ruzalar, taqdimotlar, topshiriqlar va qo’shimcha materiallardan iborat darslari mening fikrimcha barcha tinglovchilarning huquqiy ongi va bilim samaradorligini yanada oshirish uchun xizmat qiladi.
Jumladan, Shakirov Rafik Ravilyevichning “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati”, “Adliya tizimida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘yicha talablar”, Raxmonov Zafarjon Zayniddinovichning “Xodimlarning kasbiy odob-ahloqining normalari va qoidalari”, “Adliya vazirligining tashkiliy tuzilmasi, adliya organlarining ish uslubi, asosiy vazifalari, funksiyalari hamda huquqlari”, “Adliya vazirligining asosiy qadriyatlari, Ochiq adliya” (“Open Justise”) dasturining maqsad va vazifalari”, “Adliya vazirligining Sifat menejmenti sohasidagi siyosati”, xalqaro psixolog Dilbar Xojimuhamedova tomonidan o’tkazilgan “Muloqot psixologiyasining adliya xodimlari faoliyatidagi o‘rni”, “Jamoadagi konfliktli vaziyatlar, ularni bartaraf etish imkoniyatlari, stress va uni boshqarish, shaxsning yumshoq malakalari” mavzusidagi hamda Raximov Daniyor Baxtiyarovichning “Adliya organlarida ish yuritishning huquqiy asoslari, maqsadi va vazifalari”, “Hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish tartibi”, “Adliya organlarida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari va ularni koʻrib hal qilishning asosiy qoidalari”, “Adliya organlarida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish”, “Shaxsiy va sayyor qabullarni tashkil etish tartibi”, “Adliya organlarida ijro intizomi va nazoratini tashkil etishning huquqiy asoslari va oʻziga xos xususiyatlari. av.ijro.uz tizimi” mavzularida o’tgan dars mashg’ulotlari shular jumlasidandir.
Ushbu dars mashgulotlari barcha tizim xodimlari uchun bugungi kunning dolzarb masalalari ekanligi, adliya tizimi sohasini yanada rivojlantirish uchun kerak bo’ladigan yetuk mutaxassislarni shakllantirishga munosib hissa qo’shadi degan umiddaman.
Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining barcha ustozlariga o’zimning chuqur minnatdorchiligimni bildirib qolaman.Ularga kelajakda sharafli va mas’uliyatli ishlarida ulkan zafarlar va omad tilab qolaman.
Farg’ona viloyati Adliya boshqarmasi
Rishton tuman Adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi mutaxassisi
Z.Egamberdiyeva