Бош саҳифа > Туман янгиликлари > KUTUBXONAGA KITOB SOVG`A QILINDI

KUTUBXONAGA KITOB SOVG`A QILINDI

Nosgar mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniy otaxon Husanboy ota Ergashev tomonidan o‘z hisobidan “Ergash ota Sanginov” nomli kutubxona tashkil etilganiga ancha vaqt bo‘ldi. Mahalladagi xonadonining bir qismini ajratgan holda tashkil etilgan ushbu kutubxona bugunga kelib minglab kitobxonlarni qabul qilmoqda.

Kutubxona nafaqat bilim manbai, balki tuman tarixi haqida ham muhim ma’lumotlarni o‘zida jamlagan. Bu yerga tashrif buyurgan har bir kitobxon mahalla va tuman o‘tmishi, tarixiy shaxslari haqida boy ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin.

Bugun Nosgar MFY raisi A. Boboyev hamda tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari D. Dodoboyevlar ushbu kutubxonaga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mahalla raisi tomonidan kutubxonaga bir million so‘mlik kitoblar sovg‘a qilindi.

Mahalla ahli, ayniqsa, yoshlar uchun katta ahамиятga ega bo‘lgan bu maskan ezgulik va ilm-ma’rifat targ‘ibotchisiga aylangan.

Saiddalerxon Nasrullayev,

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Xalqaro jurnalistika fakulteti

3-bosqich talabasi.