Rishton tumanida 18 yosh va undan yuqori yosh toifasidagi nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida «Besh tashabbus paralimpiadasi» doirasida adaptiv sport turlari bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi.
Ushbu musobaqalar nogironligi bo‘lgan insonlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, ularning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda jamiyatga integratsiyasini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar bir nechta sport turlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etishdi va g‘olib hamda sovrindorlar munosib rag‘batlantirildi.
Saiddalerxon Nasrullayev,
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Xalqaro jurnalistika fakulteti
3-bosqich talabasi.